CAEx Uzbekistan va O‘zbekiston Me’morlar uyushmasi o‘rtasida strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

CAEx Uzbekistan Operatsion direktori Mehmet Dükkancı taklifiga binoan, O‘zbekiston Me’morlar uyushmasi raisi Azamat To‘xtayev va birinchi o‘rinbosari Ma’rufxo‘ja Saitxodjayev CAEx majmuasiga tashrif buyurdilar.

Uchrashuv davomida biz Build & Co ko‘rgazmalari doirasida arxitektorlar uchun qiziqarli va amaliy tadbirlarni tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildik. Jumladan, panel sessiyalar, konferensiyalar va soha mutaxassislari uchun boshqa professional uchrashuvlar o‘tkazish taklif qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida rasmiy hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib oldilar.

Similar Posts