CAEx Build & Co. 2026 işbilarmonlik dasturining yangi spikeri bilan tanişing
«Quriliş va loyihalaş doirasidan taşqarida qoladigan masalalar»
CAEx Build & Co. 2026 körgazmasining işbilarmonlik dasturi doirasida Javohir Xalilovning ma’ruzasi bölib ötadi. U — Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi huzuridagi Urban LAB rahbari, şuningdek, A1 ME’MORLIK MÇJ va HABITAT ACADEMY rahbari.
Ma’ruzada spiker quriliş va loyihalaş jarayonlari bilan boğliq bölgan, biroq soha vakillari e’tiboridan ba’zan çetda qoladigan muhim masalalarni körib çiqadi. Xususan, texnik buyurtmaçining örni, mas’uliyati va quriliş loyihasini amalga oşirişning barça bosqiçlaridagi vazifalariga e’tibor qaratiladi.
Şuningdek, qurilişdan oldingi tayyorgarlik, normativ-huquqiy talablarga rioya qiliş, loyihalaş jarayonini taşkil etiş, texnik va moliyaviy nazorat, obyektlarni qabul qiliş hamda foydalanişga topşiriş tartib-taomillari muhokama qilinadi.
Ma’ruza yer uçastkasining mavjudligi nima uçun qurilişni darhol boşlaş mumkinligini anglatmasligini yaxşiroq tuşunişga yordam beradi. Şuningdek, loyihaning dastlabki tayyorgarlik bosqiçidan tortib, barça işlar yakunlanguniga qadar unda iştirok etuvçi tomonlar örtasidagi samarali muvofiqlaştiriş qançalik muhim ekanini oçib beradi.
Sana: 2026-yil 19–21-noyabr
Manzil: CAEx, Toşkent
Kiriş: Bepul, oldindan röyxatdan ötiş orqali.
