Mavjud binolarga yangi hayot baxş etiş: moslaştirib qayta foydalanişda interyer dizaynining örni

CAEx Build & Co. 2026 xalqaro körgazmasining işbilarmonlik dasturi doirasida Turkiyadagi TOBB Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universiteti (TOBB ETU) vakillari — universitet dotsenti, PhD Kamila Mannanova hamda katta öqituvçi, MSc Zeynep Akgül Coşkun ma’ruza bilan iştirok etadi.

Ma’ruza mavzusi — «Giving Buildings a Second Life: The Role of Interior Design in Adaptive Reuse» («Mavjud binolarga yangi hayot baxş etiş: moslaştirib qayta foydalanişda interyer dizaynining örni»).

Ma’ruzada binolardan moslaştirib qayta foydalaniş (Adaptive Reuse) konsepsiyasi körib çiqiladi. Uşbu yondaşuv mavjud binolarni töliq buzib, yangidan quriş örniga, ularni yangi vazifalarga moslaştiriş va zamonaviy talablarga muvofiq qayta taşkil etişni nazarda tutadi.

Spikerlar uşbu jarayonda interyer dizaynining örniga, şuningdek, içki makonni puxta loyihalaş orqali binolarning me’moriy qiymatini saqlab qoliş, mavjud konstruksiyalarning imkoniyatlaridan samarali foydalaniş va zamonaviy ehtiyojlarga mos funksional muhit yaratiş masalalariga töxtalib ötadi.

Şahar muhitini rivojlantiriş şaroitida uşbu mavzu alohida ahamiyatga ega. Mavjud binolarga yangiça yondaşiş va ularni yangi maqsadlarda foydalanişga moslaştiriş barqaror arxitektura hamda şaharsozlik rivojining muhim yönalişlaridan biriga aylanmoqda.

Ma’ruza me’morlar, interyer dizaynerlari, developerlar, quriliş kompaniyalari vakillari hamda şahar muhitini loyihalaş va rivojlantiriş bilan şuğullanuvçi mutaxassislar uçun qiziqarli böladi.

Ma’ruza ingliz tilida olib boriladi.

Similar Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan