Toşkentda 3-xalqaro quriliş körgazmasi — CAEx Build & Co. 2026 öz işini boşladi

Toşkent, 2026-yil 19-noyabr — Bugun Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) körgazma markazida quriliş, quriliş materiallari va texnologiyalari böyiça 3-xalqaro CAEx Build & Co. 2026 körgazmasi rasman oçildi. Sohaga oid uşbu yirik tadbir uç kun davomida — 19-noyabrdan 21-noyabrgaça iş olib boradi.

Bu yil ekspozitsiya Özbekiston, Xitoy, Turkmaniston va boşqa mamlakatlardan kelgan 90 dan ortiq kompaniyalarni birlaştirdi. Mamlakat quriliş bozorining jadal rivojlanişi fonida körgazma işlab çiqaruvçilar, yetkazib beruvçilar, developerlar, loyiha taşkilotlari va arxitektorlar örtasidagi töğridan-töğri muloqot maydoniga aylandi.

Iştirokçilar stendlarida taşrif buyuruvçilar quriliş, pardozlaş va dizayn uçun möljallangan keng turdagi yeçimlar bilan tanişişlari mumkin:

● zamonaviy quriliş materiallari va texnologiyalari;

● dekorativ elementlar, panellar va mozaika;

● quriliş kimyosi hamda lok-böyoq materiallari;

● keramika, beton, metall konstruksiyalar va kabel mahsulotlari.

Quriliş kompaniyalari uçun uşbu maydon yangi yetkazib beruvçilarni topiş va şartnoma şartlarini muhokama qiliş uçun töğridan-töğri imkoniyatlar oçsa, arxitektor va loyihaçilar uçun dolzarb texnik yeçimlarni örganiş hamda materiallar xususiyatlarini jonli ravişda soliştiriş imkonini beradi.

Ekspozitsiya işi bilan bir vaqtda boy mazmundagi biznes dasturi ham start oldi. Uç kun davomida mehmonlar qarşisida Özbekiston, Qozoğiston, Rossiya, Turkiya va boşqa mamlakatlardan kelgan quriliş biznesi, arxitektura va loyihalaş sohasining 30 dan ortiq ekspertlari ma’ruza qiladi. Muhokamalar markazida şahar muhitini rivojlantiriş, zamonaviy loyihalaş texnologiyalari va quriliş loyihalarini amalga oşiriş samaradorligini oşiriş masalalari turibdi.

19-noyabr kuni dizaynerlar, ustalar va pardozlash sohasi mutaxassislari uchun DECOR FEST festivali bo‘lib o‘tdi. Festival doirasida «15 usta — 15 texnika» dasturi tashkil etilib, unda ustalar amaliy mahorat darslari orqali dekorativ qoplamalarni surtish, turli fakturalar yaratish hamda interyer va fasadlarda zamonaviy dekorativ effektlarni qo‘llash usullarini namoyish etdilar.

Tadbir yetakçi soha uyuşmalari va muassasalari kömagida ötkazilmoqda: Özbekiston Eksportçilar uyuşmasi, «Özsanoatqurilişmateriallari» uyuşmasi, Özbekiston Arxitektorlar ittifoqi, Özbekiston Iqtisodiyot assambleyasi, Özbekiston Biznes-diplomatiya uyuşmasi, Özbekiston Muhandis-maslahatçilar uyuşmasi, Central Asian University (CAU) hamda My Proje platformasi.

Körgazma iş vaqti:

19–20-noyabr: soat 10:00 dan 18:00 gaça

21-noyabr: soat 10:00 dan 17:00 gaça

Ötkaziliş joyi: Toşkent şahri, Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) körgazma markazi, Milliy boğ köçasi.

Similar Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan