Me’moriy tafakkur qanday shakllanadi? Ta’lim va loyihalash amaliyotining o‘rni
CAEx Build & Co. 2026 xalqaro ko‘rgazmasining ishbilarmonlik dasturi doirasida Arcus Academy asoschisi, PhD, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) dotsenti v.b. Madina Kochkarova (Kochkarova Madina Jahongir qizi) ma’ruza bilan ishtirok etadi.
Ma’ruza mavzusi — «Me’moriy tafakkur qanday shakllanadi? Bolalikdagi ta’lim, oliy ta’lim va loyihalash amaliyotining o‘rni».
Ma’ruzada insonning turli rivojlanish bosqichlarida — ilk ta’limdan tortib kasbiy tayyorgarlik va real loyihalar ustida ishlashgacha bo‘lgan jarayonda me’moriy tafakkurning shakllanishi ko‘rib chiqiladi.
Spiker bolalikdagi ta’limning fazoviy tasavvur va ijodiy fikrlashni rivojlantirishdagi ahamiyati, oliy me’moriy ta’limning kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishdagi o‘rni hamda loyihalash amaliyoti davomida olingan bilimlarni real me’moriy vazifalarni hal etishda qo‘llash masalalariga to‘xtalib o‘tadi.
Shuningdek, ta’lim va amaliy tajriba o‘rtasidagi bog‘liqlik, makonni tahlil qilish, loyihaviy yechimlarni ishlab chiqish hamda funksional me’moriy muhit yaratish ko‘nikmalarining shakllanishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Ma’ruza me’morlar, soha o‘qituvchilari, arxitektura va qurilish yo‘nalishlari talabalari, ta’lim muassasalari vakillari hamda me’moriy ta’limni rivojlantirish va soha uchun yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashga qiziquvchilar uchun foydali bo‘ladi.
