Umar Raximov: Toşkentning milliy qiyofasi bormi?

CAEx Build & Co. 2026 ko‘rgazmasi doirasida arxitektor va dizayner Umar Raximov ma’ruza bilan ishtirok etadi. Uning chiqish mavzusi — «Toshkentning Milliy qiyofasi bormi?»

Ma’ruzada zamonaviy Toshkentning o‘ziga xos me’moriy qiyofasi bormi va uning milliy o‘zligini nimalar shakllantirishi haqidagi savollar ko‘rib chiqiladi.

Umar Raximov madaniy meros, an’anaviy me’morchilik, mahalla va ichki hovli kabi o‘ziga xos jihatlar zamonaviy shaharsozlikda qanday aks etishi mumkinligi haqida so‘z yuritadi. Shuningdek, yangi turar joy loyihalarining shahar qiyofasi va aholining kundalik hayotiga ta’siriga alohida e’tibor qaratiladi.

Spiker shahar muhitini shakllantirishda arxitektorlar va developerlarning roliga ham to‘xtalib, zamonaviy loyihalash yondashuvlarini Toshkentning milliy xususiyatlari bilan qanday uyg‘unlashtirish mumkinligini muhokama qiladi.

Bu shaharni o‘ziga xos va taniqli qiladigan jihatlar hamda zamonaviy me’morchilik uning milliy qiyofasini saqlab qola olishi haqida fikr yuritish imkoniyatidir.

Similar Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan